Toshkentda elektromobil yonib ketdi. Bir kishi shifoxonaga yotqizildi
3-sahifa
−
02 iyul 8100 1 daqiqa
Bugun, 2 iyul kuni Toshkent shahar Yangihayot tumanida elektromobilda yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatda 1 kishi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 04:07 da Toshkent shahar Yangihayot tumani Do‘stlik 2 dahasi 13-uy orqasida elektromobil yonayotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan. Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 04:13 da yetib borib, yong‘in soat 04:25 da o‘chirilgan.
Bildirilishicha, yong‘in tufayli bir fuqaro kuyish tan jarohati olgan va shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Yunusobod tumanida Lacetti rusumli avtomobil yonib ketgandi. Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar bo‘lmagan.
Live
Barchasi