Toshkentda elektrobus simyog‘ochga borib urildi

3-sahifa

image

Toshkentda elektrobus simyog‘ochga borib urildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati ma’lum qildi.

Bugun, 14 dekabr kuni soat 09:15 larda 53-sonli yo‘nalishda harakatlanayotgan haydovchi A.A. boshqaruvidagi elektrobus Uchtepa tumani O‘rikzor mahallasida yo‘ldagi muzlama sababli boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda elektrobus yo‘l chetidagi simyog‘ochga (stolba) borib urilgan.  

Mazkur yo‘l-transport hodisasi oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. “Yutong” rusumli elektrobus texnik shikastlangan.

“Hozirda ushbu yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan rasmiylashtirilib, surishtiruv ishlari olib borilayotganligini ma’lum qilamiz. Hurmatli haydovchilar! Yo‘llarda harakatlanayotganingizda yo‘l-harakati qoidalariga rioya qilishingizni va yo‘llarda e’tiborli bo‘lishingizni so‘raymiz!” deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Andijonda avtobus haydovchisi mast holda rulga o‘tirib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent elektrobus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing