Toshkentda elektrobus ikkita avtomobil bilan to‘qnashib ketdi

3-sahifa

image

Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida elektrobus Lacetti va Malibu avtomashinalari bilan to‘qnashib ketdi. Hodisa oqibatida bir kishi jarohatlangan. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, shu yilning 5 iyun kuni soat 10:00 larda Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli-Glinka ko‘chalari kesishgan chorrahasida elektrobus va ikkita yengil avtomobil to‘qnashuvi sodir bo‘lgan.

Yo‘l-transport hodisasi 1992 yilda tug‘ilgan Z.M. boshqaruvida bo‘lgan Lacetti, 1980 yilda tug‘ilgan M.M. boshqaruvida bo‘lgan Malibu-2 hamda 1970 yilda tug‘ilgan S.X. boshqaruvida bo‘lgan Yutong rusumli elektr avtobusi ishtirokida sodir bo‘lgan.

Mazkut YTH oqibatida Malibu avtomashinasi haydovchisi M.M. tan jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

“Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda”, deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 31 may kuni soat 21:00 larda Toshkent shahri Uchtepa tumanida 8 ta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Shuningdek, 2 iyun kuni soat ham poytaxtda Lacetti rusumli ikkita mashina yo‘l-transport hodisasini sodir etgan, oqibatda 3 nafar fuqaro jarohatlangandi


Maqola muallifi

Teglar

elektrobus Yakkasaroy Yo'l-transport hodisasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing