Toshkentda drift qilgan BMW haydovchisiga chora ko‘rildi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda yo‘l harakati qoidalarini buzgan BMW rusumli avtomashina haydovchiga qonuniy chora ko‘rildi. Bu haqda IIV Jamoat xavfsizligi boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Videoda mashina drift qilib, katta yo‘lda bir necha marta aylangani tasvirlangan.

Holat Toshkent shahar YHXB xodimlari tomonidan o‘rganilib, 1997 yilda tug‘ilgan haydovchi Sh.R.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 128-moddasi (Haydovchilarning transport vositalarini piyodalar yo‘lkalaridan yurgizishi, yo‘l belgilari va yo‘l harakatining boshqa qoidalari talablariga rioya etmasligi) 2-qismi bilan ma’muriy bayonnoma tuzilgan. Shuningdek, haydovchi bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilgan.

“Barcha yo‘l harakati qatnashchilarini yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqiramiz”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda 200 ga yaqin qoidabuzarlik sodir etgan fuqaroning Tesla’si xatlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

haydovchi BMW drift

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing