Toshkentda direktor o‘quvchilar oldida ayol o‘qituvchilarni so‘kdi (video)
3-sahifa
−
11 Sentabr 21078 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi 62-sonli umumta’lim maktab rahbari tomonidan 1-sinf o‘quvchilari oldida maktabning ayol pedagog xodimlarini haqorat qilgani mazmunida video tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan poytaxt Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, muhokamaga sabab bo‘lgan ushbu holat boshqarma tomonidan o‘rganilgan. Ushbu xodimga, ya’ni maktab dirktoriga nisbatan qonun doirasida chora ko‘rilib, lavozimidan ozod etilgan.
“Boshqarma tizimida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlar kasbiy odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etishi shart”, deyiladi xabarda.
Qayd etish joiz, ushbu video tez fursatda jamoatchilik nazariga tushib, turli muhokamalarni keltirib chiqargandi. Juda ko‘pchilik maktab rahbarining o‘qituvchilarga qilgan munosabatini qoralab, rahbarga chora ko‘rilish kerakligini talab qilgan. Videoda direktor o‘qituvchilarni kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqoratlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyati Marhamat tumanidagi 42-maktab o‘qituvchilari ta’mirlash ishlariga majburiy jalb qilingani uchun maktab direktori lavozimidan ozod etilib, 41,2 mln so‘m jarimaga tortilgandi.
Live
Barchasi