Toshkentda deyarli 200 kishida koronavirus aniqlandi

Jamiyat

image

Bugun, 30 iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 193 nafarga oshib, 23 271 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 154 nafari Toshkent shahrida, 39 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 441 nafar, Toshkent viloyatida 152 nafar, Sirdaryo viloyatida 48 nafar, Andijon viloyatida 33 nafar, Surxondaryo viloyatida 16 nafar, Qashqadaryo viloyatida 15 nafar, Namangan viloyatida 13 nafar, Farg‘ona viloyatida ham 13 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 6 nafar, Buxoro viloyatida ham 6 nafar, jami 743 nafar bemor tuzalib, rekord natija qayd etildi.

Shunday qilib, O‘zbekistonda 13 680 (+743) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (59 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 9 455 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

201

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing