Toshkentda davlat ishxonalari xodimlariga milliy liboslarda yurish tavsiya etildi

Jamiyat

image

Milliy liboslar va milliylik targ‘ibotini o‘z ichiga olgan “Milliy Toshkent” loyihasi amalga oshiriladi.  Bu haqda 21 yanvar kuni Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqovning “Toshkent shahrida milliylikni keng targ‘ib qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida so‘z boradi

Qarorga ko‘ra, shahardagi davlat ishxonalari xodimlariga milliy liboslarda yurish tavsiya etildi. Toshkent shahrida milliylikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha Toshkent shahar ishchi guruhi tuzildi. Shaharda milliylikni keng targ‘ib qilishga qaratilgan “Milliy Toshkent” loyihasi asosida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Shahar ishchi guruhining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

  • milliy liboslar va milliylikni ommalashtirishga oid targ‘ibot materiallarini ishlab chiqish;

  • korxona, muassasa va tashkilotlar hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan hamkorlikni tashkil etish;

  • ommaviy tadbirlar davrida milliy liboslar va milliylikning mavqeini mustahkamlanishini ta’minlash;

  • milliy liboslar ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash;

  • mavzuga oid o‘quv-seminarlari, tanlovlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish;

  • qarorning bajarilishi yuzasidan doimiy nazoratni amalga oshirish.

Toshkent shahar hokimining o‘rinbosarlari, boshqarma va tashkilotlar, tuman hokimliklari:

  • mazkur qarordan kelib chiqqan holda targ‘ibot - milliy liboslar va milliylikning ijobiy ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan ma’rifiy, madaniy, axborot va reklama tadbirlarini amalga oshirish;

  • milliy liboslarda yurishni, milliylikni targ‘ib qilishni va milliy madaniyatni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish choralarni ko‘rishi;

  • davlat va jamoat tashkilotlari yoki xususiy sektorlar tomonidan o‘tkaziladigan madaniy, sport, ma’rifiy hamda boshqa turdagi tadbirlarga aholining keng qatlamlarini jalb qilishi belgilandi.

Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Shahnoza Sultonovaga, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent shahar bo‘limi va hokimlik matbuot xizmatiga:

  • O‘zbek xalqining milliy qadriyatlarini targ‘ib qilish maqsadida telekanallar, radiostansiyalar, gazeta va jurnallarda, ijtimoiy tarmoqlarda maxsus ko‘rsatuvlar, eshittirishlar, maqolalar va boshqa materiallar tayyorlab, ommaviy axborot vositalari orqali yoritib borish;

  • milliylikni targ‘ib qilish maqsadida Toshkent shahar hokimligi tomonidan e’lon qilingan "Milliy liboslarimiz barchaga yarashadi" shiori ostidagi "Milliy trend chellenji" bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borish;

  • Toshkent shahar hokimligi, boshqarma va muassasalar o‘rtasida “Milliylikning eng yaxshi targ‘ibotchisi” tanlovini tashkil etish;

  • boshqarma, muassasa va tashkilotlarning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida milliy liboslar hamda milliylikni targ‘ib qiluvchi, foydali ma’lumotlar, fotosuratlar, videolar va boshqa materiallarni joylashtirib borish;

  • ta’lim muassasalarida milliy liboslar tarixi, milliy hunarmandchilik, o‘zbek xalqining madaniyati va san’ati bo‘yicha ma’ruzalar, seminar-treninglar, ko‘rgazmalar hamda boshqa tadbirlar o‘tkazib borilishini ta’minlash topshirildi.

Shuningdek, “Milliy Toshkent” loyihasi doirasida:

  • Toshkent shahar yo‘lovchi tashish transportlari hamda transport kartalarini milliylik ornamentlari bilan bezatiladi;

  • Toshkent shahrida mavjud umumta’lim maktablarining har birida namuna sifatida bittadan “Milliy o‘zbek sinfi” tashkil etiladi;

  • Savdo markazlari, bozorlar, istirohat bog‘lari, muzeylar, kino va teatr binolarining fasad hamda ichki qismini milliylik ruhida bezatiladi;

  • “Toshkentda milliylik trendda” shiori ostida qisqa metrajli ijtimoiy roliklar, blog hamda fleshmoblar tanlovi e’lon qilinadi.

Mohimbegim Ma’rufaliyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Toshkent milliy libos

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing