Toshkentda daraxt ostida qolgan Nexia-3 yo‘lovchisi halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Toshkent shahri Yangihayot tumanida Nexia-3 ustiga daraxt qulab tushishi oqibatida yo‘lovchi qiz halok bo‘ldi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 12 noyabr kuni Yangihayot tumanida harakatlanib ketayotgan Nexia-3 ustiga daraxt qulab tushgan. Oqibatda mashinaning orqa o‘rindig‘ida bo‘lgan yo‘lovchi qiz vafot etgan. 

Voqea joyiga yetib kelgan shoshilinch tibbiy yordam xodimlari tomonidan jabrlanuvchining zudlik bilan shifoxonaga yetkazilishi va ko‘rsatilgan muolajalarga qaramay u vafot etgan. Qizga ochiq bosh miya jarohati tashxisi qo‘yilgan. Mashina haydovchisi esa omon qolgan.

Yangihayot tumani hokimligi xodimining so‘zlariga ko‘ra, mazkur holat o‘tgan haftadagi yog‘ingarchilik natijasida daraxt ostidagi tuproqning yumshab, bo‘shab qolishi tufayli sodir bo‘lgan. 

“Voqea sodir bo‘lgan fojia baxtsiz hodisadir, chunki yiqilgan daraxtni ko‘zdan kechirish paytida hech qanday qurish belgilari topilmadi”, deydi u.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent daraxt halok bo'ldi Yangihayot yo'lovchi Nexia-3

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing