Toshkentda Damas yonib ketdi 

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda “Ippodrom” bozori oldida Damas yonayotgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumot berdi.

Bugun, 11 may kuni soat 13:23 da Toshkent shahar Chilonzor tumani Bunyodkor shoh ko‘chasida harakatlanayotgan Damas rusumli avtomobilda yong‘in sodir bo‘lgan.

Shunga ko‘ra, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 13:34 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 13:37 da o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Damas

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing