Toshkentda dahshatli YTH! Ikki kishi qurbon bo‘ldi

3-sahifa

image

Bugun, 9 oktyabr kuni poytaxt Toshkentda navbatdagi dahshatli yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Unda ikki kishi voqea joyida qurbon bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

YTH taxminan soat 20:30 larda Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi 79 uy qarshisida yuz bergan. 

1981 yilda tug‘ilgan V.Sh. boshqaruvidagi davlat raqam belgisi 01 L 785 LB bo‘lgan Nexia 3, 1992 yilda tug‘ilgan R.M. boshqaruvidagi davlat raqam belgisi 10 M 666 PA BMW, 1992 yilda tug‘ilgan T.I. boshqaruvidagi  davlat raqam belgisi 01 Z 292 GB bo‘lgan Nexia 3, 1999 yilda tug‘ilgan B.A. boshqaruvidagi davlat raqam belgisi 30 E 701 UA bo‘lgan Lacetti rusumli transport vositalari ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Hodisa oqibatida davlat raqam belgisi 01 Z 292 GB bo‘lgan Nexia 3 rusumli avtomashina haydovchisi va yo‘lovchisi olgan tan jarohati oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoga ko‘ra, katta tezlikda kelayotgan BMW avtomobili beton to‘siqni oshib, yo‘lning qarama-qarshi qismida kelayotgan avtomobillar ustiga tushgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

387

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing