Toshkentda dahshatli YTH bo‘ldi. Qurbon bor
3-sahifa
−
22 may 7037 1 daqiqa
Bugun, 22 may kuni Toshkent shahrining Sergeli tumanida Nexia-3 mashinasi yo‘l chetidagi beton to‘siqqa urilib ketdi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 13:00 larda Sergeli tumani Fayzli Toshkent ko‘chasi 60-uy qarshisida 2001 yilda tug‘ilgan haydovchi Nexia-3 rusumli transport vositasida katta tezlikda harakatlanishi ortidan rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi beton ustinga urilib yo‘l transport hodisasi sodir etgan.
YTH oqibatida Nexia-3 transport vositasi yo‘lovchisi olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan. Transport vositasi haydovchisiga birinchi yordam ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida Malibu-2ʼning voyaga yetmagan haydovchisi sodir etgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 10 yoshli qizaloq vafot etgandi.
Live
Barchasi