Toshkentda Cobalt va Mercedes-Benz to‘qnashuvi oqibatida 4 kishi jabrlandi
3-sahifa
−
04 noyabr
1950Toshkent shahrida Cobalt va Mercedes-Benz to‘qnashuvi oqibatida 4 kishi jabrlandi. Bu haqda IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Kecha, 3 noyabr kuni soat 23:00 larda Yunusobod tumani Chinobod ko‘chasida Cobalt rusumli transport vositasi va Mercedes-Benz rusumli transport vositalari to‘qnashgan.
YTH oqibatida Cobalt va Mercedes-Benz transport vositasining haydovchilari va 2 nafar yo‘lovchilariga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 4 oktyabr kuni Toshkent viloyatida avtobus va Cobalt ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgandi. To‘qnashuvdan so‘ng, avtoulovlarda qisqa tutashuv sabab yong‘in kelib chiqqan.
YTH oqibatida Cobalt rusumli avtomobil haydovchisi tan jarohati olib, tuman markaziy shifoxonasiga murojaat qilgan.
LiveBarchasi