Toshkentda Cobalt ag‘darilib, yonib ketdi (video)

3-sahifa

image

Poytaxt Toshkentning Yashnobod tumanida Cobalt rusumli avtomashina haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida mashina ag‘darilib ketdi. Bu haqda shahar IIBB Yo‘l harakati xavsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea bugun, 2 may kuni soat 02:00 larda Yashnobod tumani Tohir Malik ko‘chasida yuz bergan. 2004 yilda tug‘ilgan A.X. boshqaruvida bo‘lgan Cobalt rusumli avtomashinasini boshqarib kelayotib rul boshqaruvini yo‘qotib ag‘darilib ketgan. Buning oqibatida Cobalt avtoulovida yong‘in kelib chiqqan.

Mashina haydovchisi A.X. tan jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqamasi yo‘l harakati xavfsizligi xizmati hamda hududiy Favqulodda vaziyatlar bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilayotgani aytilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent Cobalt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing