Toshkentda Cobalt haydovchisi YTHda vafot etdi

3-sahifa

image

Bugun, 12 sentyabr kuni Toshkentning Yashnobod tumanida Cobalt daraxtga urilishi oqibatida haydovchi vafot etdi. Bu haqda poytaxt IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.

YTH taxminan soat 09:00 larda tumanning Oxangaron ko‘chasida yuz bergan. Haydovchi 1978 yilda tug‘ilgan M.R. ishonchnoma asosida Cobalt rusumli, avtomashinada harakatlanib, rul boshqaruvini yo‘qotgan va qarama-qarshi yo‘llarni ajratib turuvchi ko‘kalamzorlashtirilgan maydonchadagi daraxtga urilgan. Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, uning sog‘ligi yomonlashgan.

Ko‘rsatilgan tibbiy yordamlarga qaramay, avtomashina haydovchisi voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Yashnobod

Baholaganlar

290

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing