Toshkentda Chery Malibu’ning ustiga chiqib ketdi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 17 oktyabr kuni Toshkent shahar Yashnobod tumanida Chery rusumli avtomobil Malibu rusumli avtomobilning ustiga chiqib ketdi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.  

Qayd etilishicha, soat 15:20 larda Yashnobod tumani Mahtumquli ko‘chasida Chery, Malibu-2 va 2 ta Cobalt rusumli transport vositalari o‘zaro to‘qnashuvi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Bildirilishicha, YTH oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida haydovchi piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan 3 nafar maktab o‘quvchisini urib yuborgandi. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida 1 nafar o‘quvchi davolanish uchun shifoxonaga yuborilgan, 2 nafariga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Yashnobod Malibu Chery

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing