Marg‘ilonda haydovchi 3 o‘quvchini urib yubordi
3-sahifa
−
17 Oktabr 3334 1 daqiqa
Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida haydovchi piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan 3 nafar maktab o‘quvchisini urib yubordi. Bu haqda viloyat YHXBning matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, kecha, 16 oktyabr kuni soat 12:30 lar atrofida 1998 yilda tug‘ilgan haydovchi Nexia-1 rusumli transport vositasini Marg‘ilon shahar “B.Marg‘iloniy” ko‘chasida boshqarib ketayotib, shu ko‘chada joylashgan 33-sonli umumta’lim maktabi oldidagi piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan 3 nafar o‘quvchini urib yuborgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi oqibatida 1 nafar o‘quvchi davolanish uchun shifoxonaga yuborilgan, 2 nafariga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Marg‘ilon shahar IIB tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatida Nexia-3 rusumli avtomobil haydovchisi piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan ikki nafar maktab o‘quvchisini urib ketgan edi.
Bunyod Keldiboyev
Live
Barchasi