Toshkentda bozorqo‘mlar ustidan sud ishi ochiq tarzda o‘tmoqda

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, 2018 yilning avgust oyida Toshkentdagi bir qator yirik bozorlarning rahbarlari ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, ular hibslangan edi. 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida sudlanuvchilar:

R. Abdumajitov (1961 yilda Toshkent shahrida shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti – oliy, muqaddam sudlanmagan, Toshkent shahar savdo va ishlab chiqarish departamenti boshlig‘i lavozimida ishlagan);

R. Rasulov (1963 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti - oliy, muqaddam sudlanmagan, “Toshkent oziq-ovqat zahirasi” DK direktori lavozimida ishlagan); 

D. Arifdjanov (1966 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti – oliy, muqaddam sudlanmagan, “Iste’molda bo‘lgan transport vositalari va ehtiyot qismlari Sergeli bozori” MCHJ direktori lavozimida ishlagan);

D. Tillyaxodjayev (1957 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti – oliy, muqaddam sudlanmagan, “Navro‘z davlat qabullar uyi” DK direktori lavozimida ishlagan); 

O. Mustayev (1986 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti - oliy, muqaddam sudlanmagan, “Yunusobod dehqon bozori” AJ direktori lavozimida ishlagan); 

B. Yusupov (1956 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti - oliy, muqaddam sudlanmagan, “Yunusobod dehqon bozori” AJ direktori lavozimida ishlagan);

D. Muratov (1959 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti – oliy, muqaddam sudlanmagan, “O‘rikzor savdo kompleksi” MCHJ direktori lavozimida ishlagan); 

B. Abdumajitov (1991 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti – oliy, muqaddam sudlanmagan, “Poytaxt Nastarin Gullari” MCHJ ta’sischisi);

F. Mirxaydarov (1982 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti – oliy, muqaddam sudlanmagan, Toshkent shahar hokimligi Binolardan foydalanish departamenti boshlig‘i lavozimida ishlagan);

I. Sabirov (1968 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti – oliy, muqaddam sudlanmagan, “Chorsu buyum savdo kompleksi” AJ direktori lavozimida ishlagan); 

A. Odilov (1987 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti – oliy, muqaddam sudlanmagan, “Chilonzor buyum savdo kompleksi” AJning yuk saqlash omborxonasida nazoratchi-kassir lavozimida ishlagan);

Sh. Tursunov (1978 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti – oliy, muqaddam sudlanmagan, “Chilonzor buyum savdo kompleksi” AJning shartnoma va nazorat bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan);

O. Masharipov (1961 yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti – oliy, muqaddam sudlanmagan, “Eski Juva dexqon bozori” AJ direktori lavozimida ishlagan); 

D. Mirtadjiyev (1978 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, millati tojik, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti – oliy, muqaddam sudlanmagan, “Chilonzor buyum savdo kompleksi” AJ direktori lavozimida ishlagan); 

B. Toshmatov (1970 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti - oliy, muqaddam sudlanmagan, “Bek to‘pi savdo kompleksi” MCHJ direktori lavozimida ishlagan);

S. Djamalov (1968 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti – oliy, muqaddam sudlanmagan, “Chilonzor buyum savdo kompleksi” AJning yuk saqlash omborxonasi brigadiri lavozimida ishlagan);

B. Rixsibayev (1983 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti – o‘rta-maxsus, muqaddam sudlangan, “Manzur Guzari” MCHJ rahbari), 

M. Sultanov (1957 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti – oliy, muqaddam sudlanmagan, “Toshkent Tantana Servis” MCHJ direktori lavozimida ishlagan);

M. Muminov (1958 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti – oliy, muqaddam sudlanmagan, “Toshkent Sayohat Servis” MCHJ direktori);

F. Axmadjonov (1979 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti – oliy, muqaddam sudlanmagan, “Imkon Agro” MCHJ direktori);

A. Usmonov (1980 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti - o‘rta, muqaddam sudlanmagan, vaqtincha ishsiz);

Z. Avazov (1982 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti - oliy, muqaddam sudlanmagan, vaqtincha ishsiz) ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur jinoiy ish jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi sudyasi Sarvar Karimov raisligida hamda xalq maslahatchilari A. Nishonov va M. Mirag‘zamovdan iborat sud tarkibida ko‘rib chiqilmoqda.

Sudlanuvchilar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165 (tovlamachilik), 167 (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 168 (firibgarlik), 184 (soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash), 189 (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish), 192-1 (xususiy mulk huquqini buzish), 205 (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish), 208 (hokimiyat harakatsizligi), 209 (mansab soxtakorligi), 210 (pora olish), 228 (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish), 243 (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) va boshqa moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqdalar.

Hozirgi kunda sudlanuvchilarning ko‘rsatmalari tinglanmoqda.

Sud jarayoni davom etmoqda. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Sud Bozorqo'mlar

Baholaganlar

51

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing