Toshkentda bosh hisobchi 2 mlrd so‘mga yaqin pulni talon-toroj qildi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatida joylashgan ikki MCHJning bosh hisobchisi 1,9 mlrd so‘m pulni talon-toroj qildi. Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. 

Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlanishicha, fuqaro S.O. “L.A.” va “Z.P.” MCHJlarning bosh hisobchisi lavozimida ishlab kelgan. U ushbu korxonalarning elektron raqamli imzo kalitlaridan foydalanib, jami 1,9 mlrd so‘m mablag‘larini o‘zining plastik kartasiga o‘tkazib olib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan. 

Ma’lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridan birining hokim yordamchisi fuqarodan 30 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangandi. Ushbu hokim yordamchisi muqaddam Jinoyat Kodeksining 167-(O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 168-(Firibgarlik), 205-(Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) va boshqa moddalari bilan 3 marotaba sudlangan


Maqola muallifi

Teglar

talon-toroj 2 mlrd so'm

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing