“Minor” masjidi oldida BMW yonib ketdi (video)
3-sahifa
−
18 iyun 2021 6961 1 daqiqa
Bugun, 18 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning Yunusobod tumanida BMW avtomobili yonib ketgani haqida xabarlar tarqaldi.
FVVning ma’lum qilishicha, soat 19:36da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Kichik halqa yo‘li ko‘chasida avtomobil yonayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan
Yong‘in-qutqaruv guruhi voqea joyiga soat 19:38 da yetib borib, ko‘rilgan tezkor choralar natijasida yong‘in soat 19:40 da to‘liq bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida jarohatlangan va vafot etganlar yo‘q.
IIVning YHXBB ma’lumotiga ko‘ra, yongan BMW avtomobili 1986 yilda tug‘ilgan O.I. boshqaruvida bo‘lgan. U ushbu ko‘chada joylashgan "Minor" masjidi yaqiniga yetgan vaqtida dvigatel qismida qisqa tutashuv bo‘lganligi sababli avtomobilni yo‘l chetiga to‘xtatgan. Qisqa tutashuvdan so‘ng yong‘in yuzaga kelgan.
Hozirda yong‘in sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025