Toshkentda birdan 87 kishida koronavirus aniqlandi
Jamiyat
−
07 iyun 2020
28674
2020 yil 7 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 87 nafarga oshib, bemorlarning umumiy soni 4181 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining barchasi Toshkent shahrida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan fuqarolar orasida qayd etilgan.
Ayni paytda O‘zbekistonda 3268 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro sog‘aygan.
“Hozirda mamlakatda 896 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 11 nafari og‘ir, 3 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda”, deyiladi xabarda.

LiveBarchasi