Toshkentda birdan 231 kishida koronavirus aniqlandi
Jamiyat
−
13 iyul 2020
13511Bugun, 13 iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 231 nafarga oshib, 13591 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining 231 nafari Toshkent shahrida (shundan 146 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 85 nafari aholi orasida) aniqlangan.
Bugun Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 164 nafar, Namangan viloyatida 14 nafar, jami 178 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib O‘zbekistonda 8030 (+178) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (59 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 5498 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
LiveBarchasi