Toshkentda bir shifoxonada 66 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi

Jamiyat

image

Bugun, 9 iyun kuni poytaxtda Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida bir yo‘la 66 nafar bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Tuzalganlarning 40 nafari erkak, 26 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 80 yoshli otaxon bo‘lsa, yoshi kichigi 2019 yil tug‘ilgan. 

Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Toshkent shahridan 19 nafar, Andijon viloyatidan 9 nafar, Namangan viloyatidan 7 nafar, Toshkent viloyatidan 6 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand va Xorazm viloyatlaridan 5 nafardan, Farg‘ona viloyatidan 4 nafar, Buxoro viloyatidan 2 nafar, Sirdaryo, Qashqadaryo, Jizzax va Surxondaryo viloyatlaridan 1 nafardan.

Shunday qilib, Toshkent shahrida sog‘ayganlar soni 1469 nafar bo‘lsa, endilikda ular 1535 nafarga yetib, davolanayotganlar 846 nafarni tashkil etmoqda.

Ayni paytga qadar mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami sog‘ayganlar 3423 nafarga yetdi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

124

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing