Bir kun ichida Toshkentdagi 2 korxonada yong‘in chiqdi

3-sahifa

image

Bugun, 18 sentyabr kuni soat 10:01 da Toshkent shahrining Uchtepa tumani Almoniy ko‘chasida joylashgan tikuvchilik korxonasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, yong‘in-qutqaruv ekipajlari manzilga soat 10:05 da yetib borib, yong‘in soat  10:17 da qurshab olinib, soat 10:31 da batamom o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar yo‘q. Ayni vaqtda yong‘in sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 18 sentyabr kuni Toshkent shahrining Olmazor tumani Usta Shirin ko‘chasida joylashgan mebel ishlab chiqarish korxonalarining birida yong‘in sodir bo‘lgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

korxona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing