Jizzaxda ikkita korxona 4,5 mlrd so‘mlik elektrni o‘g‘irladi
3-sahifa
−
10:36 593 1 daqiqa
Jizzax viloyatining Sh. Rashidov tumanida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan korxonalar aniqlandi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Jizzax viloyatining Sh. Rashidov tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbiri davomida “J. Z. M.” xususiy korxonasiga qarashli suv nasoslari elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotgani ma’lum bo‘lgan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu qoidabuzarlik oqibatida elektr ta’minoti korxonasiga 2 milliard 948 million so‘mlik zarar yetkazilgan.
Shuningdek, viloyatning mazkur tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbirida “F. Z. B.” MCHJga qarashli suv nasoslari o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlangan.
Bildirilishicha, ushbu qoidabuzarlik natijasida elektr ta’minoti korxonasiga 1 milliard 561 million so‘mlik zarar yetkazilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyatining Bog‘ot va Xazorasp tumanlarida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilgan edi.
Live
Barchasi