Toshkentda bir qator ko‘chalar yugurish musobaqasi sababli vaqtincha yopiladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 21 may kuni “Men g‘olib” ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkazilishi munosabati bilan Toshkent shahridagi bir necha ko‘chalar vaqtincha yopiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.

20 may kuni soat 10:00 dan 21 may kuni soat 11:00 gacha:

•  Afrosiyob ko‘chasining Islom Karimov shoh ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Afrosiyob ko‘chasi bo‘ylab Beshyog‘och ko‘chasi bilan kesishmasigacha.

21 may kuni soat 5:30 dan soat 9:00 gacha:

•  Afrosiyob ko‘chasining Islom Karimov shoh ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Afrosiyob va Oybek ko‘chalari bo‘ylab Oybek va Nukus ko‘chalari kesishmasigacha;

•  Oybek va Nukus ko‘chalari kesishmasidan Nukus ko‘chasi bo‘ylab Rim katolik cherkovigacha.

“Haydovchilardan uzr so‘ragan holda, ularga aylanma yo‘llardan foydalanishlarini tavsiya etamiz”, deyiladi hokimlik xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent ko'cha yugurish musobaqasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing