Toshkentda belgilanmagan joyga chiqindi tashlagan fuqaro mashinasidan ayrildi

Jamiyat

image

Toshkentda belgilanmagan joyga ikkinchi marta chiqindi tashlagan fuqaroning ZIL rusumli yuk mashinasi musodara qilinadi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.  

Toshkent tumani, Qorasaroy mahallasidan oqib o‘tuvchi suv bo‘yiga qurilish chiqindilari to‘kib ketilgani hududdagi xonadonlardan biriga o‘rnatilgan kuzatuv kamerasiga tushib qolgan.

Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan surishtiruvda ushbu mahallada yashovchi A.T. ZIL rusumli yuk mashinasida qurilish chiqindilarini belgilanmagan joyga tashlagani aniqlangan. 

Unga ko‘ra, A.T. avval ham shunday huquqbuzarlik sodir etgan va 7 sentyabr kuni ma’muriy javobgarlikka tortilib, 1 million 650 ming so‘m miqdorida jarima solingan. Oradan 8 kun o‘tib fuqaro tomonidan takror huquqbuzarlik sodir etilgani ma’lum bo‘ldi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 91(1)-moddasiga (Belgilanmagan joylarga qattiq maishiy chiqindilarni va qurilish chiqindilarini tashlash, shuningdek suyuq maishiy chiqindilarni to‘kish) ko‘ra, huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, huquqbuzarlik quroli musodara qilinadi.

Shunga asosan, A.T. yuk mashinasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan. Musodara qilinishi yuzasidan hujjatlar to‘planib, sudga da’vo arizasi kiritilmoqda.

Akobir Sayidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

fuqaro chiqindi mashinasidan ayrildi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing