Toshkentda bekatlarga tablolar qayta o‘rnatilyapti

Jamiyat

image

“Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent shahrining markaziy avtobus bekatlarida “LED” rusumli tablolar faoliyati qayta yo‘lga qo‘yildi.

Avtobuslar harakat jadvalini aks ettiruvchi mazkur turdagi tablolarning har qanday ob-havo sharoitida benuqson ishlashi, ularda uzatilayotgan ma’lumotlarning aniqligi barcha yo‘lovchilarimiz uchun birdek manzur bo‘lishi shubhasiz.

Bundan tashqari, “Android” va “IOS” tizimi uchun mo‘ljallangan hamda qayta ishlangan va yo‘lovchilar uchun qo‘shimcha qulayliklarga ega bo‘lgan “Tashbus” mobil ilovasi faoliyat boshlamoqda. Ushbu ilova kelgusi haftadan sinov tariqasida ishga tushiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent bekat

Baholaganlar

10

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing