Toshkentda begona qizga tajovuz qilgan erkak qidirilmoqda

3-sahifa

image

Kecha, 4 sentyabr kuni Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida noma’lum shaxs pod’ezdga kirib ketayotgan qizga hujum qildi. Bu haqda “Sukut saqlama” loyihasi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, qiz o‘z pod’ezdiga kirib ketayotganida noma’lum yigit unga orqadan hujum qilgan, qiz esa holatdan dahshatga tushib qichqirgan. Baland ovozlarni eshitgan qo‘shni uydagilar yugurib chiqqan vaqtda yigit qochib ketgan. 

“Erkak qizning orqasidan kelib, uni quchoqlagan, qiz qo‘rqib ketgan va sumka bilan urgan, shundan so‘ng noma’lum shaxs qochib ketgan”, deyiladi xabarda.

Mazkur xabarni Toshkent shahri IIBB matbuot xizmati QALAMPIR.UZ'ga tasdiqladi. Unga ko‘ra, holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Gumondor erkak qidirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 19 aprel kuni Mirobod tumani Inoqobod ko‘chasida noma’lum shaxs 17 yoshli qizning orqasidan kelib, tegajog‘lik qilgandi. So‘ngra hodisa joyidan qochib yashiringan. Keyinchalik qizning otasi uning stressdaligini ma’lum qilgan

Ushbu holat yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tumani sudida joriy yilning 8 avgust kuni ko‘rib chiqilib, O.O. Jinoyat kodeksining 25,118-moddasi (nomusga tegishga suiqasd qilish) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

tajovuz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing