Toshkentda bankomat o‘g‘rilari qo‘lga olindi
Jamiyat
−
08 yanvar 2021 13396 1 daqiqa
Toshkent shahrida yettita to‘lov terminalini o‘g‘irlab ketib, ichidagi pullarni sarflab yuborgan ikki shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Toshkentda muqaddam sudlangan ikki nafar shaxs yana jinoyatga qo‘l urgan. Gumonlanayotgan mazkur shaxslar 2020 yilning 15 dekabridan joriy yilning ikkinchi yanvarigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida jami yettita to‘lov terminalini o‘g‘irlab, uni buzib ichidagi pullarni sarflab yuborgan.

Xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) tegishli bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025