Toshkentda ayrim mahallalar suvsiz qolmoqda. Bunga kim aybdor?

Jamiyat

image

Toshkentda qator hududlar suv ta’minotidan uzilganicha qolmoqda. "Toshkent shahar suv ta’minoti" MCHJ Uchtepa tumanida bir sutkadan oshiq vaqtga suv o‘chirilishini xabar qilgan edi. 

Unda, 16 sentyabr kuni Toshkent katta xalqa yo‘li: Istirohat ko‘chasidan Izza ko‘chasigacha bo‘lgan hududdagi ichimlik suvi tarmog‘ida ta’mirlash ishlari olib borilishi aytilgandi. 

Shu munosabat bilan 16 sentyabr kuni soat 09:00 dan 17 sentyabr soat 16:00 gacha quyidagi iste’molchilarga ichimlik suvi ta’minoti to‘xtatilgan:

- Musaffo Obi Hayot (Zangi ota tumani) hududida
- Geofizika 
- 18 sonli avtopark
- Maxsustrans bazasi 
- Avtorobot
- Kinologiya 
- Avtoturtrans 
- “Tiya” bozori
- Tekstil fabrikasi
- Ishlab chiqarish maydonchasi
- Avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasi
- Nonvoyxona 
- Rahimboboyeva ko‘chasi 46 uy
- Shaftolizor mahallasi
- Shayxontohur tumanining bir qismi

Ahamiyatli jihati shundaki, ushbu e’lon Toshkent shahar hokimligi tomonidan ogohlantirilmagan va faqat ma’lum doiralargagina yetib borgan. Suv o‘chirilishidan aholi to‘la boxabar bo‘lmagan. Ustiga ustak suv 17 sentyabr kuni soat 16:00 da yoqilishi va’da qilinganiga qaramay, 18 sentyabr soat 09:00 holatiga ko‘ra, suv berilmagan. 

Aholi murojaatlariga ko‘ra ayni vaqtga qadar "Musaffo obi hayot" MCHJ xizmat ko‘rsatuvchi hududlar suvsiz qolmoqda. MCHJ aholi murojaatlariga mas’uliyatsizlik bilan yondashayotgani aytilmoqda. Xususan MCHJ tomonidan so‘nggi bor suv 17 sentyabr kuni soat 23:00 da berilishi va’da qilingan. Biroq oradan 10 soatdan ortiq vaqt o‘tsa ham mahallalar suvsiz qolmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

suv MChJ suv ta'minoti

Baholaganlar

56

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing