Dalolatnomani rasmiylashtirmaslikni va’da qilgan suv ta’minoti xodimi ushlandi

3-sahifa

−

image

Farg‘ona viloyatida “Farg‘ona suv ta’minoti“ AJ xodimi 2 mln so‘m evaziga noqonuniy foydalanilgan 8,4 mln so‘mlik ichimlik suvi bo‘yicha dalolatnomani yo‘q qilib berishni va’da qilib, pulni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, “Farg‘ona suv ta’minoti“ AJ Furqat tumani bo‘limi xodimi X.T. (muqaddam sudlangan) fuqaro J.M.ning “A.P.“ MCHJ hududidagi sexida 8,4 mln so‘mlik ichimlik suvidan noqonuniy foydalanilganlik holati bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirilganini aytgan. U 2 mln so‘m bersa, ushbu dalolatnomani yo‘q qilib berishini va’da qilib, pulni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani ma’lum bo‘lgan.

Shuningdek, X.T. tomonidan 2 mln so‘mning qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qoraqalpog‘iston Respublikasida maktabgacha ta’lim muassasasining direktori va uning o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing