Toshkentda ayollarni fohishalik uchun Turkiyaga jo‘natayotgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
08 iyun
11668Toshkent xalqaro aeroportida to‘rt nafar ayolni fohishalik bilan shug‘ullantirish maqsadida Turkiyaga jo‘natayotgan shaxs ushlandi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Bo‘stonliq tumanida yashovchi 42 yoshli ayol 22-43 yosh orasidagi to‘rt nafar ayolni mo‘may daromad topadigan ish topib berishni va’da qilib, fohishalik bilan shug‘ullantirish maqsadida Toshkent-Istanbul aviareysi orqali Turkiya davlatiga jo‘natayotgan vaqtida viloyat IIBB tezkor xodimlari tomonidan ushlab qolingan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan ushlangan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda firibgarlik va odam savdosi jinoyatini sodir etishda ayblangan o‘zbekistonlik Istanbuldan O‘zbekistonga deportatsiya qilingandi.
LiveBarchasi