Toshkentda ayol liftda qamalib, vafot etishi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
3-sahifa
−
29 iyul 2023
10578Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi yangi qurilgan uylardan birining liftida 32 yoshli ayol qamalib qolishi oqibatida vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokurorning matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Shuningdek, Tergov o‘tkazish yo‘li bilan qonuniy qaror qabul qilinishi ma’lum qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani Parkent ko‘chasi 239-uyda ijarada turuvchi 32 yoshli Olga Leonteva ismli ayol, joriy yilning 24 iyul kuni yo‘qolib qolgan. Ayolning yaqinlari uning yo‘qolgani haqida e’lon bergan. Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, u o‘zi yashaydigan uyning liftiga kirgan lift ishlamay qolgani sababli o‘sha yerda qamalib qolgan. Lift yuqori qavatda to‘xtab qolgani va binoga hali odamlar to‘liq ko‘chib kelmagani uchun qo‘shnilari uning yo‘qolganini payqamagan bo‘lishi mumkinligi aytilgan. Ayolning jasadi 27 iyul kuni kechqurun topilgan.
LiveBarchasi