Toshkentda avtobuslarni dezinfeksiyalash boshlandi

Jamiyat

image

Turli viruslar nafaqat iqtisodiy ta’sirga ega, balki ular butun bir jamiyat hayotini ham izdan chiqarib yuborishga qodir. Shu bois dunyoning ko‘plab shaharlarida unga qarshi turli tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Xuddi ana shunday ehtiyot choralari Toshkent shahrida ham o‘tkazilmoqda. Hududiy sanitariya va epidemiologiya markazlari bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq, “Toshshahartransxizmat” AJ tasarrufidagi avtobus saroylari hamda ularga biriktirilgan shohbekatlarda ham dezinfeksiya ishlari boshlandi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur sanitariya tadbiri bir hafta davom etadi. Ushbu muddatda avtosaroylar va ulardagi transport vositalari hamda Toshkentdagi barcha shohbekatlarda dezinfeksiya ishlari bajariladi.

Ma’lumot o‘rnida, so‘nngi vaqtlarda urchigan yangi koronavirus insoniyatga jiddiy xavf solmoqda. Olimlarning fikriga ko‘ra, uni yuqtirmaslik uchun, eng avvalo, shaxsiy giyenaga amal qilish zarur. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu ofatdan kasallanganlar soni dunyo bo‘yicha 28 276 nafarga yetgan.


Maqola muallifi

Teglar

Avtobus

Baholaganlar

137

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing