Avtobusda narkotik sotayotgan haydovchi ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatida jamoat transportida giyohvandlik vositasi sotayotgan avtobus haydovchisi qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Nurafshon shahrida jamoat transporti haydovchisi bo‘lib ishlovchi, 1985 yilda tug‘ilgan shaxs Bobur ko‘chasida boshqaruvidagi xizmat avtobusi ichida shartli xaridorga 2 dona politilen o‘ramdagi “gashish” giyohvandlik vositasini 400 ming so‘m evaziga sotgan vaqtida daliliy ashyo bilan ushlangan.

Tadbir davomida uning yonidan hamda boshqaruvidagi avtobusdan yana 9 ta o‘ramda, jami 11 o‘ramda 5 gramm gashish giyohvandlik vositasini sotish maqsadida saqlab kelganligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Chilonzor tumanida Nyexia 3 mashinasidan yirik miqdorda narkotik topilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Avtobus narkotik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing