Toshkentda Nexia’dan yirik miqdordagi narkotik topildi (video)

3-sahifa

image

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida Nexia 3 mashinasidan yirik miqdorda narkotik topildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu shaxs oldindan kuzatuvda bo‘lgan. Asli farg‘onalik 2003 yilda tug‘ilgan yigit, Toshkent shahrida yashayotgan bo‘lgan. Fuqaro boshqaruvidagi Nexia 3 avtotransport vositasi Toshkent viloyatining Zangiota tumani hududidan poytaxt tomon harakatlanib kelgan paytda Chilonzor tumanidagi “Erkin” Yo‘l patrul xizmati maskanida to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.

Natijada, avtomashina salonida sof og‘irligi 4 kg 811 gramm “Alfa PVP” sintetik narkotik moddasi borligi ma’lum bo‘lgan va ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 28,246-moddasi (kontrabanda) 2-qismi va 25,273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida o‘qituvchi 180 ming dollarga narkotik sotayotganida qo‘lga tushgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent kontrabanda Chilonzor narkotik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing