Avtobusda 12 yoshli bolaga tegajog‘lik qilgan erkak 6 yilga qamaldi
3-sahifa
−
19:35 4403 2 daqiqa
2025 yilning 4 fevral kuni Toshkent shahridagi yo‘lovchi tashuvchi avtobusda voyaga yetmagan bolaga tegajog‘lik qilgan erkak 6 yilga qamaldi. Bu haqda QALAMPIR.UZ sud hukmi bilan tanishdi.
2025 yilning 20 iyun kuni Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudida bo‘lib o‘tgan majlisida 37 yoshli ushbu jirkanch unsurga sud hukmi bilan Jinoyat kodeksining 129-modda 3-qismiga ko‘ra 6 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi berilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, 2025 yilning fevral oyida fuqaro X.G‘ (1988 yilda tug‘ilgan erkak) soat 21:00 larda “Chilonzor buyum bozori”dan O‘zbekiston mehmonxonasi yo‘nalishidagi 98-sonli avtobusga yo‘lovchi sifatida chiqib, mast holda voyaga yetmagan, 2012 yilda tug‘ilgan o‘g‘il bolaga avtobusda bir o‘zi ketayotganligidan foydalanib, jinsiy tegajog‘lik va bolaning sha’niga zid boshqa noqonuniy harakatlar qilgan.
Sudlanuvchi sud majlisida aybiga iqror bo‘lgan. Sudda bergan ko‘rsatmasida u 2025 yil 4 fevral kuni Zangiota tumanida joylashgan sellofan ishlab chiqarish sexida ishlab, ish haqi sifatida 442 ming so‘m miqdoridagi pullarni olib chiqqanini, so‘ng Zangiota tumani hududida joylashgan “Vino-vodka”dan spirtli ichimlik sotib olib, iste’mol qilganini aytgan. Shundan so‘ng, erkak Damas rusumli avtomashinaga o‘tirib, Toshkent shahar Chilonzor tuman hududida joylashgan “Chilonzor buyum bozori”ga borgan va shu vaqtda u juda ko‘p miqdorda spirtli ichimlik iste’mol qilgani sababli keyin nima bo‘lganligini eslay olmagan. Bundan tashqari sudda erkak keyin ko‘zini ochib qarasa Olmazor tumani Qoraqamish dahasidagi oqib o‘tuvchi anhor yonida ekanini bilganini, so‘ng uni IIO xodimlari tegishli tartibda ushlab, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgani sababli sud tomonidan unga nisbatan 3 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlanganliginini bildirgan.
Keyinchalik bilsa u 2025 yil 4 fevral kuni soat 20:00 larda Chilonzor tumani, 20-mavze hududida harakatlanayotgan 98-sonli avtobusda o‘ziga avvaldan notanish bo‘lgan bolaga spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda uyatsiz-buzuq harakatlar sodir qilgan. Shuningdek, u o‘zini ijtimoiy tarmoqlarda avtobusda voyaga yetmagan bola yoniga uni ketishiga yo‘l qo‘ymayotgan video tasvirlarini ko‘rganini aytgan va suddan yengilroq jazo tayinlashni so‘ragan.
Sud hukmi bilan erkakka nisbatan tayinlangan 6 yillik qamoq jazosi umumiy tartibli koloniyalarda o‘tashi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda pedofillarga umrbod qamoq jazosi tayinlanishi mumkinligi aytilgan edi. Keyiroq, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev pedofiliya uchun umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosini joriy qilishni ma’qulladi.
Live
Barchasi