Koronavirus: 950 nafar bemor sog‘aydi, 6 nafari vafot etdi

Jamiyat

image

Bugun, 10 avgust kuni O‘zbekistonda 695 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, shundan 143 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 552 nafari koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar, Toshkent viloyatida esa 2 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Navoiy, Andijon, Jizzax, Buxoro, Namangan, Xorazm hamda Farg‘ona viloyatlarida jami 950 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 31 304 nafar bemordan 22 992 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 73 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 8 112 nafar bemordan 1 361 nafari og‘ir, 387 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

465

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing