Toshkentda avtobus ikki yengil avtomobil ustiga ag‘anab ketdi 

Jamiyat

image

Joriy yilning 15 oktyabr kuni Toshkentda avtobus va ikki yengil avtomobil ishtirokida yo‘l transport hodisasi yuz berdi. Isuzu Lacetti va Matiz ustiga ag‘anib ketgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, YTH poytaxtning Yashnobod tumani Farg‘ona yo‘lida yuz bergan. 1999 yilda tug‘ilgan haydovchi A.X. boshqaruvidagi Lacetti hamda 1991 yilda tug‘ilgan haydovchi O‘.O‘. boshqaruvidagi Isuzu avtobusi va 1971 yilda tug‘ilgan haydovchi A.S. boshqaruvidagi Matiz ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan. 

Xabarga ko‘ra, to‘qnashuv oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Transport vositalariga zarar yetgan. Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning oktyabr oyi boshida Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida Nexia avtomobillari boshqaruvni yo‘qotib, ag‘anab ketgan. O‘shanda mashinalardan birining haydovchisi vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH ag'anab ketdi

Baholaganlar

162

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing