Toshkentda avtobus haydovchisi konditsionerni yoqmasdan harakatlangani uchun jazolandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Poytaxt Toshkent shahridagi 59-sonli avtobus yo‘nalishi haydovchisi harakat vaqtida sovitish tizimi (konditsioner)ni yoqmasdan harakatlangani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati xabar berdi.

Unda aytilishicha, joriy yilning 7 iyun kuni, soat 10:12 lar atrofida 59-sonli avtobus haydovchisi Z.O. boshqaruvidagi avtobusning sovitish tizimi (konditsioner)ni yoqmagan holda harakatlangan. "Sergeli 7-mavze" bekatida yo‘lovchilar e’tirozidan so‘ng sovitish tizimi (konditsioner)ni yoqqani aniqlangan.

“Ushbu holat yuzasidan "Toshshahartransxizmat" AJ hamda "12-Avtobus saroyi" filiali mas’ul xodimlari, yo‘lovchilar noroziligiga sabab bo‘lgan haydovchi bilan tushuntirish ishlari olib borildi hamda haydovchiga nisbatan belgilangan tartibda intizomiy jazo chorasi ko‘rilishi belgilandi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, korxona ichki tartib qoidasiga binoan, haydovchilar avtobus salonida sovitish tizimi (konditsioner)ni soat 8:00 dan 19:00 ga qadar yoqqan holda harakatlanishlari belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent avtobus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing