Toshkentda avtobus haydovchilari kunlik “plan”dan ozod qilinadi

Jamiyat

image

Toshkent shahrida jamoat avtobuslarida haydovchilarga kunlik to‘lov bo‘yicha belgilangan rejani to‘lashdan ozod qilinishi kutilyapti. Bu haqda “Toshshahartransxizmati” Matbuot kotibi Ravshan Yoqubjonov ma’lum qildi.

“2030 yilgacha transportni rivojlantirish konsepsiyasi ko‘plab masalalarni qamrab olgan. Jumladan, yo‘l haqi uchun elektron to‘lov tizimini joriy qilish mo‘ljallangan, bu bilan haydovchilar kunlik to‘lov bo‘yicha belgilangan rejani topshirishdan ozod qilinadilar”, deydi Ravshan Yoqubjonov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu tizim ishga tushirilsa, haydovchilar e’tiborlarini asosan xavfsizlik va harakatning muntazamligiga qaratishadi.

“Bu harakatlanish muntazamligini ta’minlash, turli yo‘l—transport hodisalarining oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Ana shunday natijaga erishsak, namunali haydovchilarni rag‘batlantirib boramiz”, dedi Yoqubjonov.

Eslatib o‘tamiz, bugundan Toshkentda jamoat transportlarida yo‘lkira narxi 1 400 so‘m etib belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent avtobus

Baholaganlar

61

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing