Toshkentda avtobus haydovchilari do‘ppida ish boshladi

Jamiyat

image

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqovning davlat tashkilotlari, boshqarma va muassasalarida har juma kuni “Milliy liboslar kuni” nishonlanishini nazarda tutuvchi qaroriga binoan bugun, 31 yanvar kuni avtobus haydovchilari boshida do‘ppi bilan ish boshladi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati xabar berdi.

“Poytaxt aholisi va mehmonlariga, shahar avtobuslari yo‘lovchilariga milliy qadriyatlarimizni namoyish etish maqsadida bugun 67- va 91-sonli yo‘nalishlarda faoliyat olib borayotgan avtobus haydovchilari o‘zbek milliy bosh kiyimi do‘ppi kiyib, o‘z ishini boshladi”, deyiladi xabarda. 

Shuningdek, ayol haydovchilar ham milliy libosda ish boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilda O‘zbekiston Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov endilikda vazirlik xodimlari ishga o‘zbek milliy bosh kiyimi do‘ppida borishini ma’lum qilgandi.

Mohimbegim Ma’rufaliyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Toshkent avtobus haydovchilari “Milliy liboslar kuni” har juma

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing