Toshkentda “avariya” sabab uchta tuman issiqlik ta’minotisiz qoldi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 12 noyabr kuni Toshkentning Yunusobod tumanidagi 4-Issiqlik markazining elektr energiyasi ta’minotida nosozlik ro‘y berdi. Oqibatda qozonxonadan issiq suv va issiqlik uzatish vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda “Toshissiqquvvati”DUK ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, nosozlik oqibatida Yunusobod tumanida to‘liq, Olmazor va Shayxontohur tumanlarida esa qisman issiq suv va issiqlik ta’minotida uzilish kuzatilmoqda.

Ayni paytda Issiqlik markazida yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. 

“Mutasaddilar soat 17:00 gacha issiq suv va kechki 24:00 ga qadar issiqlik ta’minoti to‘liq tiklanishini ma’lum qildilar.

“Toshissiqquvvati”DUK noqulayliklar uchun uzr so‘raydi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

issiq suv issiqlik ta'minoti

Baholaganlar

114

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing