Toshkentda advokat 20 ming dollar bilan ushlandi (video)
3-sahifa
−
14:39
3062Toshkent shahrida sud tomonidan tayinlangan jazoni tanishlari orqali kamaytirib berish evaziga 20 ming dollar olgan advokat va yurist ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Toshkent shahridagi advokatlik firmasi advokati 1999 yilda tug‘ilagan shaxsga nisbatan 2024 yilda jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudining hukmi bilan tayinlangan 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi bo‘yicha hozirda shahar sudining kassatsiya instansiyasida ko‘rilayotgan shikoyatni mansabdor tanishlari orqali ijobiy hal qilib berishni va’da qilgan.
Xususan u tayinlangan jazoni 4 yil muddatga kamaytirib berish evaziga, har bir yil uchun 5 ming AQSH dollaridan, jami 20 ming AQSH dollari olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur ishga aloqador bo‘lgan, Toshkent shahridagi banklardan birining yuristi ham advokatdan 15 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida, bank yuristi prokuratura organlaridagi qarindoshi orqali yordam bermoqchi bo‘lganligi aniqlanib, hozirda bu borada tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Holat yuzasidan advokat hamda yuristga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasining (Firibgarlik) 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasining (Pora berish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridan birining hokim yordamchisi fuqarodan 30 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangandi.
Mohimbegim Ma’rufaliyeva
LiveBarchasi