Toshkentda aholidan yig‘ilgan mablag‘ni talon-toroj qilgan mansabdorlar ushlandi
3-sahifa
−
13 iyul
8791Toshkentda aholidan yig‘ilgan mablag‘ni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan mahallaga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv servis kompaniyasi mansabdorlari ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Uchtepa tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda tumandagi “K.Ch.” va “B.” mahallalari aholisiga xizmat ko‘rsatuvchi “A.K.” MCHJ boshqaruv servis kompaniyasi mas’ul shaxslari 2022 yildan 2024 yil 1 iyulga qadar aholidan yig‘ilgan jami 1,6 mlrd so‘m mablag‘larni sarflangani haqidagi chek, schyot-faktura, yo‘l varaqasi, qayta hisob-kitob qilish va bajarilgan ishlar haqidagi dalolatnomalarni rasmiylashtirmagani, shuningdek, MCHJ hisob raqamiga kirim qilingan 604,4 mln so‘m naqd ko‘rinishda olinib, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborilgani aniqlangan.
“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazmda qurilish bo‘limi sobiq boshlig‘i va hokimlik mansabdorlari ushlangandi.
LiveBarchasi