Toshkentda 9 yoshli bolaning o‘limiga sababchi bo‘lgan shifokor qamaldi

3-sahifa

image

O‘tgan yilning avgust oyida xususiy klinikada 9 yoshli bola burun sohasidagi jarrohlik amaliyotidan keyin vafot etgani haqida xabar berilgandi. Joriy yilning 12 mart kuni o‘tkazilgan sudda shifokor kasb vazifalarini zarur darajada bajarmaganlikda aybdor deb topilib, 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda “Millar” xabar berdi.

Marhum bolakayning yaqinlari ma’lum qilishicha, bola sog‘lom bo‘lib, o‘z oyoqlari bilan xususiy klinikaga yurib borgan. Uning yaqinlari bolaning o‘limiga aybdor bo‘lgan shaxslarga eng og‘ir jazo berilishini so‘ragan. 

Operatsiya Toshkent shahridagi “Paeonnis” xususiy klinikasida o‘tkazilgan. 9 yoshli bolaning burnida adenoid aniqlangan va klinika shifokorlari uni jarrohlik yo‘li bilan olishni aytgan. Sudlanuvchilardan birining sudda bergan ko‘rsatmasiga ko‘ra, ushbu klinikada jonlantirish bo‘limi umuman bo‘lmagan.

Joriy yilning 12 mart kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudida bolaning o‘limiga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan. Sud hukmiga ko‘ra, xususiy klinikada ishlagan anesteziolog-reanimatolog hamda lor shifokor Jinoyat kodeksining 116-moddasi (kasb vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) 3-qismi bilan aybdor deb topilib, 4 yilga ozodlikdan mahrum qilish, 3 yil davomida jarrohlik amaliyotida ishtirok etish huquqidan mahrum qilish jazosi berilgan. Jazo manzilli koloniyalarda o‘talishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand shahrida burun operatsiyasiga kirgan 16 yoshli qiz shifoxonada vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

burun operatsiyasi 9 yoshli bola Paeonnis

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing