Toshkentga 9 ta yangi avtobus keltirildi
Jamiyat
−
05 avgust 2020
8385Poytaxt Toshkentda Xitoyda ishlab chiqarilgan yangi rusumdagi avtobuslar keltirildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, "Avtosantrans-servis" MCHJ ham 9 ta yangi avtobus xarid qilgan.
“Xitoyning "Yutong hongkong limited" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan mazkur avtobuslar gaz yoqilg‘isida harakatlanadi. Bu esa avvalo atrof-muhitga yetadigan zararning kamayishiga olib kelish bilan birga, muqobil yoqilg‘i turlaridan keng foydalanish imkonini beradi. Qolaversa, gazning suyuq yoqilg‘iga nisbatan bir necha barobar arzonligi korxonaning iqtisodiy samaradorligiga ham ijobiy ta’sir o‘tkazadi”, deyiladi xabarda.
Umumiy 52 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan ushbu avtobuslar o‘rta sig‘imli bo‘lib, 30 ta o‘rindiqqa ega.
Ta’kidlanishicha, ishlab chiqaruvchi korxona ushbu transport vositalarining 150 ming kilometrgacha benuqson harakatlanishiga kafolat bergan.
Ushbu avtobuslar poytaxt yo‘llarida qatnayotgan xususiy korxonaga tegishli eski "Isuzu" rusumidagi avtobuslar o‘rnida harakatlanishi rejalashtirilgan.
LiveBarchasi