Toshkentda 9 kishida koronavirus aniqlandi, poytaxtda karantin qoidalari kuchaytarildi

Jamiyat

image

Kecha, 23 iyun kuni O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq 201 ta holat aniqlangan bo‘lib, ulardan 30 nafari aholi orasida qayd etilgan. Shundan 9 nafari Toshkentga to‘g‘ri kelmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda. 

22 iyun kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan 146 nafar bemordan 5 nafari aholi orasida aniqlangan bo‘lsa, 23 iyun kuni esa 201 nafar bemordan 30 nafari aholi orasida tasdiqlandi. Ikki kunlik ma’lumotga ko‘ra, ham umumiy kasallanish ko‘rsatkichi, ham aholi orasida koronavirusga chalinish holati keskin ko‘payganini ko‘rish mumkin.

Kecha poytaxt Toshkentda aniqlangan 9 nafar bemorlar: 

•    “Asaka bank” tuman filiali xodimi A.G‘.da (tana harorati ko‘tarilgan va poliklinikaga murojaat qilgan);

•    “Ipak yo‘li bank” filiali xodimi M.E.da (shifoxonaga yotish maqsadida namuna topshirgan);

•    Uchtepa tumanidagi avtopark haydovchisi B.A. (tana harorati ko‘tarilgan va tomoqda og‘riq bo‘lganligi uchun namuna topshirgan);

•    Olmazor tumanidagi nafaqadagi fuqaro G.N.;

•    Yunusobod tumanida yashovchi D.X. (Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markaziga bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi bilan yotqizilgan).

“Mazkur holatdan kelib chiqqan holda Toshkent shahrida karantin qoidalari birmuncha kuchaytirildi”, deyiladi SSV xabarida. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining 22 iyun kuni qabul qilingan qaroriga ko‘ra, Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasi aniqlangan “qizil” hududlarni blokpostlar o‘rnatgan holda mahalla, dahalar va ko‘chalar kesimida yopilishi, karantinga olingan fuqarolarning uyi oldida 24 soatlik navbatchilik tashkil etilishi belgilandi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

226

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing