“Chorsu” bozorida 825 mln so‘mlik tilla o‘g‘irlagan qiz qamaldi
3-sahifa
−
29 iyul
7123“Chorsu” bozorida tilla buyumlarni o‘g‘irlagan qiz 8 yilga qamaldi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari matbuot kotibi Zokirjon Qo‘ziboyev QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 9 mart kuni soat 21:00 larda “Chorsu” buyum bozorida sodir bo‘lgan. Surxondaryolik 25 yoshli M.S. do‘konining yerto‘lasi kirish eshigi qulfini o‘zi bilan olib kelgan bolgarka yordamida kesib ochib, omborxonada bo‘lgan temir seyfning ichida saqlab kelingan jabrlanuvchi A.M.ga tegishli jami narxi 825.000.000 so‘mlik 187 dona tilla uzuk, 27 dona tilla bilaguzuk, 123 juft tilla zirak, 1 dona tilla to‘g‘nog‘ich, 44 dona tilla zanjirli bilak uzuk, 29 dona tilla zanjir, 6 dona tilla zanjir hamda 24 dona taqinchoqlar joylash uchun mo‘ljallangan moslamalarni yashirin ravishda o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringan.
Sud xulosasiga ko‘ra, M.C. Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Shuningdek, M.C.dan jabrlanuvchi A.M.ning foydasiga yetkazilgan 56.416.470 so‘m moddiy zarar undirilishi belgilandi.
LiveBarchasi