Toshkentda 76 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi

Jamiyat

image

Toshkentda koronavirusning o‘n sakkizinchi qurboni berildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahri Uchtepa tumanida yashovchi fuqaroda 28 may kuni COVID-19 infeksiyasi tasdiqlanib, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasiga yotqizilgan edi. Bundan avval bemor uzoq yillar davomida gepatit, yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, surunkali yurak yetishmovchiligi kabi kasalliklar bilan davolanib kelgan.

Ma’lum qilinishicha, 31 may kuni bemorning ahvoli og‘irlashib, reanimatsiya bo‘limiga o‘tkazilgan. Reanimatsion muolajalarga qaramasdan, sun’iy nafas olish apparatida bo‘lgan bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Ayni paytda marhumning turmush o‘rtog‘i, farzandi va nabiralarida ham COVID-19 infeksiyasi tasdiqlangan.

 

Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

362

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing